» » Qashqadaryo viloyatida Nexia va “Jiguli” to‘qnashdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida Nexia va “Jiguli” to‘qnashdi, 2 kishi halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida shu yilning 26-noyabr kuni Dehqonobod tumanida yashovchi A.E. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Eshonquduq qishlog‘i hududida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Eshonquduq qishlog‘ida yashagan A.S. boshqaruvidagi “VAZ-2107” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zA IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Natijada “VAZ-2107” avtomashinasi haydovchisi A.S. va uning yo‘lovchisi bo‘lgan birga yashagan o‘g‘li V.S. jarohat olib, kasalxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi fuqaro Z.E. ismli ayol esa jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют