» » YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi bosh kotibi vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi

YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi bosh kotibi vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi


Hukumat qarori bilan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.

YuNESKO va Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti faoliyatida O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va rolini mustahkamlash, mazkur xalqaro tashkilotlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Nizomga muvofiq umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tegishli hududlarda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari komissiya bilan kelishiladi.

Komissiya tarkibiga komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari, bosh kotib va komissiya a’zolari kiradi. Komissiyaning bosh kotibi vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi va Prezident bilan kelishilgan holda hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют