» » O‘zbekistonda bir yildan uzoq faoliyat yuritmagan kollegial organlar majburiy tugatiladi

O‘zbekistonda bir yildan uzoq faoliyat yuritmagan kollegial organlar majburiy tugatiladi


Hukumat qarori bilan Idoralararo kollegial organlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan masalalar va funksiyalarni bajarish borasida tashkiliy-amaliy, uslubiy, ilmiy ko‘maklashish kollegial organlarning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Kollegial organlar vazifalarni amalga oshirish uchun zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish va kollegial organlar ishiga ularning faoliyat sohasiga bevosita aloqasi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini jalb etish huquqiga ega.

Kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish taqiqlanadi.

Shuningdek, nizomga ko‘ra tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo muvofiqlashtirishni talab etuvchi masalalarni ko‘rib chiqish va bajarilishini ta’minlash kollegial organlarni tashkil etish zaruratini asoslovchi mezon hisoblanadi.

Hukumat mutasaddi organlar bilan hamkorlikda idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qilib, baholab boradi va tahlil natijalari bo‘yicha ularni qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Bir yildan uzoq faoliyat yuritmagan kollegial organlar majburiy tugatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют