» » Bosh prokuratura jizzaxlik fermerning o‘z joniga qasd qilishi yuzasidan izoh berdi

Bosh prokuratura jizzaxlik fermerning o‘z joniga qasd qilishi yuzasidan izoh berdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida bankdan katta qarzi bo‘lgan fermerning o‘z joniga qasd qilishi yuzasidan izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Fuqaro S. B. 6-noyabr kuni soat taxminan 11:30 larda yashash xonadonining qo‘shimcha qurilgan omborxonasida arqon bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Sanjar Baratovning o‘z joniga qasd qilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan mol-mulklari musodara qilingai sabab bo‘lgan ko‘rsatilgan. Shunga asosan, MIB xodimlari tomonidan fuqaroning uyida o‘tkazilgan ijro harakatlarining qonuniyligi o‘rganildi.

O‘rganishda S.B. 2017-yil hosildorligi uchun ajratilgan 104,6 mln imtiyozli kreditdan ATB “Agrobank” tuman filialidan 58,1 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lgani, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2017-yil 25-dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, fermer xo‘jaligi hisobidan ATB “Agrobank” Do‘stlik tumani filiali foydasiga 58,1 mln so‘m undirish belgilangan.

Sudning mazkur qarori 26-yanvardagi ijro varaqasi bilan majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limiga kelib tushgan. Davlat ijrochisi Sh. A. 22-fevral kuni ish yurituvga olgan va qarzdor S.B.ga qarzdorlikni to‘lash uchun 5 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan biroq, qarzdorlik to‘lab berilmagan.

Ijroni ta’minlash maqsadida MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘ining 20-oktabrdagi buyrug‘iga asosan 27-oktabr kuni byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari Sh. M. va O.K. qarzdor S.Baratovning yashash xonadoniga xolislar D.Ya. va D.N. bilan birgalikda borgan va qarzdorning uyidan onasi G. B. ishtirokida o‘lchami 3?4 metr bo‘lgan 1 dona gilam dalolatnomaga asosan rasmiylashtirib olingan.

Ushbu gilam fermer xo‘jaligi balansida bo‘lmagani aniqlanib, 8-noyabr kuni S.B.ning oila a’zolariga qaytarilgan.

Bundan tashqari, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 24-oktabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi hisobidan ATB “Agrobank” Do‘stlik tumani filiali foydasiga 220,1 mln so‘m undirish belgilangan.

O‘rganishda S.B. 2018-yil hosildorligi uchun ajratilgan 271,6 mln imtiyozli kreditdan ATB “Agrobank” tuman filialidan 220,1 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lgani aniqlangan.

Sudning mazkur qarori 24-oktabrdagi ijro varaqasi bilan majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limiga kelib tushadi va davlat ijrochisi Sh. A. 24-oktabrda ish yurituvga olib, qarzdorga qarzdorlikni to‘lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berish yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan xizmat safariga yuborilgan MIB Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari T.N. va X.M. 5-noyabrda qarzdorning uyiga ajrim bilan tanishtirish va uning ijrosini ta’minlash uchun borganida qarzdor uyida bo‘lmagani sababli uning onasi G. B.ga qarzdorlikni to‘lashi yuzasidan tushuntirish berilgan.

Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosida “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28-fevraldagi prezident qarorining 3-bandida belgilangan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining 2018-yil 1-yanvar holatiga qarzdorliklarini to‘lash muddati 3 yilga uzaytirilishi haqidagi talablari va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilinganligini o‘rganish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida davlat ijrochilari tomonidan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar holati va qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanmadi. Shu bilan birga, gilamni musodara qilish chog‘ida MIB xodimlari buyumning qarzdorga tegishliligini aniqlash uchun mulkni xatlashi kerak edi.

Marhumning onasi S.B. MIB xodimlarining avvalgi ikki tashrifi chog‘ida, gilamni musodara qilish va qaytarish vaqtida bo‘lmaganligini tasdiqladi, shuningdek, davlat ijrochilari ayolga ruhiy yoki jismoniy bosim o‘tkazmaganini ma’lum qildi. Ushbu holatni marhumning otasi, ukasi, turmush o‘rtog‘i ham tasdiqladi.

Tekshiruv ishlarini Do‘stlik tumani prokuraturasi olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют