» » Bir kunda ikkita fojia: Toshkentda ikki nafar fuqaro o‘zini osib qo‘ydi

Bir kunda ikkita fojia: Toshkentda ikki nafar fuqaro o‘zini osib qo‘ydi


25-sentabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 54 va 26 yoshli ikki nafar erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda o‘zining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, UzNews xabar berdi.

Bu boradagi xabar 25-sentabr kuni Shayxontohur tumani IIB navbatchi qismiga kelib tushgan.

Birinchi noxush hodisa, taxminan, tonggi soat 6:30 larda sodir bo‘lgan. 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro noma’lum sabablarga ko‘ra, uyida qandil uchun mo‘ljallangan ilgakka o‘zini osib qo‘ygan.

Ikkinchi hodisa esa kunning ikkinchi yarmida, taxminan, 15:30 larda sodir bo‘lgan. 1991-yilda tug‘ilgan, ruhiy shifoxonada ro‘yxatda turadigan fuqaro o‘zini omborda o‘sgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ikkala holatda ham o‘limga mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют