» » “O‘zbekneftgaz”: “O‘ztrangaz” rahbarining ishdan olinishi metan gaz narxi oshgani bilan bog‘liq emas

“O‘zbekneftgaz”: “O‘ztrangaz” rahbarining ishdan olinishi metan gaz narxi oshgani bilan bog‘liq emas


Bugun, 29-noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik faoliyatining 2018-yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Anjumanda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirov, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Gaz tarmoqlaridan va qurilmalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Eshonqulovlar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Matbuot anjumani davomida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi Sharifjon Tursunovning nima sababdan ishdan olinishi bilan bog‘liq savolga quyidagicha javob berdi:

“ ‘O‘ztransgaz’ raisi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Sharifjon Tursunov ham ushbu asosda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning lavozimidan olinishi avtomobilga siqilgan gaz quyish shoxobchalarida metan gaz narxining qimmatlashishi bilan bog‘liq emas. Bu holatni izohlay olmayman”.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati gaz tarmoqlaridan va qurilmalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Eshonqulovning ta’kidlashicha, haligacha Sharifjon Tursunovning o‘rniga yangi rahbar tayinlanmagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada O‘zbekistonda avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1 m3 gazning sotilish narxi 2300 so‘mgacha qimmatlagan edi. Shundan so‘ng, “O‘ztransgaz” AJning joriy yil iyun oyida ushbu lavozimga tayinlangan raisi Sharifjon Tursunov ishdan olingan edi.

24-noyabrdan boshlab gaz narxi pasaya boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют