» » O‘zbekistonda neftni qayta ishlovchi uchinchi zavod Turkiya bilan hamkorlikda qurilishi mumkin

O‘zbekistonda neftni qayta ishlovchi uchinchi zavod Turkiya bilan hamkorlikda qurilishi mumkin


O‘zbekistonda yaqin yillar ichida neftni qayta ishlash bo‘yicha uchinchi zavod qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimovga asoslanib, Turkiyaning Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Rustam Azimov 27-fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumidagi chiqishi chog‘ida shu haqda to‘xtalib o‘tgan.

“Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududida ikkita neftni qayta ishlash zavodi faoliyat olib bormoqda. Biz uchinchi zavodni ham qurmoqchimiz. Mazkur loyihani amalga oshirishga Turkiya tomoni ham jalb etilishi mumkin, deb hisoblaymiz”, — dedi Azimov.

Mavzuga doir: Rustam Azimov: O‘zbekiston xalqi Turkiyaning bu ishini hech qachon unutmaydi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi neftni qayta ishlovchi ikki zavoddan biri Buxoroda, ikkinchisi esa Farg‘onada joylashgan.

Avvalroq Rustam Azimov Istanbuldagi “Beylerbeyi” saroyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют