» » Tramp Putin bilan Argentinadagi uchrashuvni bekor qildi, sababi — Kerchdagi nizolar

Tramp Putin bilan Argentinadagi uchrashuvni bekor qildi, sababi — Kerchdagi nizolar


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi, deb yozadi “AiF”.

Tramp Twitter’da qayd etishicha, bunday qarorni u Kerch bo‘g‘ozida 25-noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha ma’ruza bilan tanishib chiqqanidan keyin hamda Ukraina kemalari va dengizchilari vataniga qaytmagani sababli qabul qilgan.

“Vaziyat hal etilganidan keyin mazmundor sammitni yana intiqlik bilan kutaman”, — dedi Amerika yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Rossiya chegarachilari mamlakat hududiga noqonuniy kirgan uchta Ukraina kemasini to‘xtatib qoldi. Ularning bortida 24 nafar ukraina harbiylari, shu jumladan, xavfsizlik xizmati xodimlari ham bo‘lgan.

Avvalroq Tramp yaqin orada maxsus xizmatlar Rossiya va Ukraina harbiy kemalarining Qora dengizdagi to‘qnashuvi haqida unga “to‘liq hisobot” taqdim etishini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют