» » Luka Modrich Messini ortda qoldirib, 2018-yilning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi

Luka Modrich Messini ortda qoldirib, 2018-yilning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018-yil yakuniga ko‘ra eng yaxshi pleymeykerni aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, “Real Madrid” hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2018-yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi. Modrich 272 ta ovoz to‘pladi. Ikkinchi o‘rin “Barselona” a’zosi Lionel Messiga nasib etdi, u 144 ta ovoz egasiga aylangan. Uchinchini o‘rinni esa “Chelsi”ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar 114 ovoz bilan band etdi.

Qayd etish joiz, so‘nggi uch yilda IFFHS talqiniga ko‘ra, Lionel Messi yilning eng yaxshi pleymeykeri bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan 2018-yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi klub murabbiyi deb e’tirof etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют