» » Zinedin Zidan — IFFHS talqiniga ko‘ra 2018-yilning eng yaxshi klub murabbiyi

Zinedin Zidan — IFFHS talqiniga ko‘ra 2018-yilning eng yaxshi klub murabbiyi


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018-yil yakuniga ko‘ra eng yaxshi klub murabbiylarini aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, yozda “Real Madrid”ni tark etgan fransiyalik Zinedin Zidan 2018-yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Zidan 296 ochko to‘plashga erishdi. Ikkinchi o‘rin Yurgen Kloppga nasib etdi. “Liverpul” ustozi 109 ochko yig‘di. Uchinchi pog‘onadan esa “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola o‘rin oldi. Pep 105 ta ovozga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Zidan 2018-yilda “Real”ni ketma-ket uchinchi marta Chempionlar Ligasi g‘olibligiga boshlab keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют