» » O‘zbekistondagi bojxona postlarida alkogol mahsulotlari noqonuniy aylanmasining oldi olinmoqda

O‘zbekistondagi bojxona postlarida alkogol mahsulotlari noqonuniy aylanmasining oldi olinmoqda


Toshkent viloyatidagi “S.Najimov” chegara bojxona postida B.R.ning qo‘l sumkalari ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki savol-javobda ma’lum qilinmagan, xorijda ishlab chikarilgan qiymati 10 million so‘mlik 17 shisha Jack Daniyels nomli viskilarni olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur post xodimlari yana bir fuqaro R.T.ning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazganda, ushbu shaxs ham sumkasiga yashirgancha yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmasdan turib, 25 litr spirtni olib kirishga uringani ma’lum bo‘ldi.

“Yallama” chegara bojxona postida esaX. F. ismli fuqaro xech qanday xujjatlarsiz, bojsiz olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlaridan ortiqcha bo‘lgan, qiymati 1,3 million so‘mlik 28 shisha aroq va konyaklarni olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro B. B. qo‘l yuklari orasiga yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lgan, qiymati 2,3 million so‘mlik 3 turdagi 9 shisha viski va aroq yashirilganligi aniqlandi.

Ayni shu postning o‘zida yana birfuqaro K G. ham qo‘l yuklari orasiga yashirgancha 13,5 litr hajmdagi 30 dona pivo ichimliklarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют