» » Xitoyda aybsiz erkak 23 yil qamoqxonada o‘tirib chiqdi

Xitoyda aybsiz erkak 23 yil qamoqxonada o‘tirib chiqdi


Xitoyda nomusga tegish va qotillikda ayblanib 23 yillik qamoq jazosini o‘tagan aybsiz erkak ozodlikka chiqdi. Bu haqda Asia One xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

1996-yilda Szin Chjexun 20 yoshli qizning nomusiga tegish va o‘ldirishda ayblanib, kechiktirilgan o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sudlanuvchi hukm ustidan shikoyat qilishga uringan va tan oluvchi ko‘rsatmalarni qiynoqlar ostida berganligini ma’lum qilgan. Biroq sud jazoni kuchda qoldirgan.

2014-yilda The Paper gazetasi mazkur ishni surishtirish bilan shug‘ullangan. Sudlanuvchining advokati himoyasidagi shaxsning aybini tasdiqlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ishda mos kelmaydigan holatlar mavjud — qurbonning jasadida sigaretdan kuyish izlari topilgan, Szin Chjexun esa chekmaydi.

Qayta sud jarayoni erkakning aybsizligini tasdiqladi. U 2018-yilda 50 yoshga kirdi. Bugun sud barcha ayblovlarni undan olib tashladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют