» » Farg‘onada soxta MIB xodimi qo‘lga olindi

Farg‘onada soxta MIB xodimi qo‘lga olindi


7-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qildi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Fuqaro o‘z murojaatida 1-noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida “Toza Hudud” DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют