» » Farg‘onada muqaddam sudlangan shaxs 3 mln so‘mlik qoramol o‘g‘irladi

Farg‘onada muqaddam sudlangan shaxs 3 mln so‘mlik qoramol o‘g‘irladi


Farg‘ona viloyatida Rishton tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan 3 000 000 so‘mlik qoramolni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Rishton tumani IIBga 12-noyabr kuni Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan Q.X ariza bilan murojaat qilib, 11-noyabrdan 12-noyabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, molxonasidan narxi 3 000 000 so‘mlik bir bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman hududiga tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan sudlangan, 1987-yilda tug‘ilgan M.N sodir etganligi aniqlanib daliliy ashyo bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Nga nisbatan Rishton tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют