» » Sirdaryoda bog‘cha qurilishi uchun 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Sirdaryoda bog‘cha qurilishi uchun 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi


Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Guliston hamda Mirzaobod tumanlarida aholining ijtimoiy himoyasi, obodonlashtirish va bunyodkorlik yo‘lida qator ishlar amalga oshirdi. Bu haqda davlat soliq boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 9-sonli bolalar bog‘chasiga 4 milliadr so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilib, qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Hududdan o‘tuvchi xalqaro va mahalliy ichki yo‘llarga bog‘langan “Tinchlik”, “Taraqqiyot”, “Navro‘z” mahallalari hamda ulardagi “Yoshlar”, “Pillakor”, “Bahor” ko‘cha yo‘llari umumiy uzunligi 3,5 kilometrdan ortig‘i ta’mirlanib tekislandi.

Shuningdek, “Yangi avlod” ko‘chasida suv inshooti qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. “Dehqonobod”, “Ibrat” mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют