» » Rossiyada 5 mingdan oshiq Ravon Nexia R3 ta’mir uchun qaytarib olinadi

Rossiyada 5 mingdan oshiq Ravon Nexia R3 ta’mir uchun qaytarib olinadi


Rossiyada 5219 dona Ravon Nexia R3 avtomobili ta’mir uchun qaytarib olinadi. Bu haqda “Rosstandart” federal agentligi ma’lum qildi.

Mashinalarni qaytarib olish bo‘yicha tadbirlarga Ravon brendining Rossiyadagi rasmiy vakili “Ravon Motors Rus” kompaniyasi bosh-qosh bo‘ladi.

Rossiyada 2017-yil may oyidan 2018-yil martigacha sotilgan Ravon Nexia R3 avtomobillari qaytarib olinadi. Bunga mashinalarda gidravlik suyuqlik sizishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik ehtimoli sabab ekanligi bildirilmoqda.

Transport vositalarida rul boshqaruvi tizimidagi shlangga ikki qo‘shimcha xomut o‘rnatiladi. Barcha ta’mirlash ishlari bepul amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют