» » “Qaldirg‘ochlar” bahorning ilk kunida so‘nggi o‘rinda. “Bunyodkor” ga 2 ta gol urgan “Al-Ahli” Eron klubiga ham shuncha urdi

“Qaldirg‘ochlar” bahorning ilk kunida so‘nggi o‘rinda. “Bunyodkor” ga 2 ta gol urgan “Al-Ahli” Eron klubiga ham shuncha urdi


Osiyo Chempionlar ligasi—2017 ning ilk turida “Bunyodkor” ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan Saudiyaning “Al-Ahli” klubi Eronda “Zob Ahon”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va “C” guruhi peshqadamiga aylanib oldi.

Saudiyaliklar Erondagi bellashuvda bir kishi kam qoldi, shuningdek, bir marta penalti bilan yo‘liqdi. Butun bir taym bir kishi kam o‘ynasa ham, yakunda g‘alabani ilib ketdi.

“Zob Ahon” ilk turni Amirliklarda “Al-Ayn”ga qarshi o‘tkazib, 1 ochko ishlab olgandi — 1:1. “Al-Ayn”ning o‘zi esa kecha — 28-fevral kuni “Bunyodkor” stadionidan zafar quchib qaytdi — 3:2.

Shu tariqa 2-turdan keyin “qaldirg‘ochlar” guruhning so‘nggi jamoasi bo‘lib qoldi. Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan klub birorta ham ochko ishlab olishning uddasidan chiqa olmagan.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 2-tur
28-fevral, seshanba

Gollar: Abdulfattoh Asiriy, 29 (0:1). Mehdiy Rajabzoda, 45-pen (1:1). Umar As-Soma, 86 (1:2).
Chetlatish: Mutaaz Havsaviy, 45 (A).

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют