» » Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish haqida bosh qotirmoqda

Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish haqida bosh qotirmoqda


Yevropa Ittifoqi diplomatlari Kerch bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tgan hodisalar sababli Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritishni muhokama qiladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Yangi cheklov choralari 10-dekabr YeI Kengashidan so‘ng amalga kiritiladi.

Xususan, diplomatlar Ukraina hududining daxlsizligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan harakatlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Avvalroq, Ukrainada rossiyalik fuqarolar va kompaniyalarga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qilish taklif qilingandi.

25-noyabr kuni Qora dengizda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Kerch bo‘g‘ozini suzib o‘tmoqchi bo‘lgan uchta Ukraina kemasini to‘xtatdi. 28-noyabr kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko mamlakatning 10 ta hududida 30 kunga harbiy holat joriy etilishini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют