» » Kanada hukumati Huawei moliyaviy direktorini hibsga oldi

Kanada hukumati Huawei moliyaviy direktorini hibsga oldi


Huawei kompaniyasining moliyaviy direktori Men Vanchjou xonim Kanadada hibsga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Men Vanchjou AQSh so‘roviga binoan Kanada hududida qo‘lga olingan. AQSh Kanadadan Men Vanchjouni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda. Kompaniya Men Vanchjou xonimga sharqiy Nyu-York okrugi tomonidan ayblovlar qo‘yilgani. Biroq, Huawei gap qaysi ayblovlar haqidaligidan xabari yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Ayni paytda Huawei moliyaviy direktoriga qo‘yilgan ayblovlar borasida cheklangan ma’lumotga egamiz. Men Vanchjouning noqonuniy faoliyati bizga noma’lum”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Huawei Kanada va AQSh huquq tizimi adolatli qaror qabul qilishiga umid bildirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha kompaniya o‘z faoliyatini yuritadigan har qanday mamlakat qonunlari doirasida ish yuritadi. Shunigdek, BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqining qonun va normalariga qat’iy rioya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют