» » Qozog‘istonda ingliz tiliga rasmiy maqom berish taklif etilmoqda

Qozog‘istonda ingliz tiliga rasmiy maqom berish taklif etilmoqda


Qozog‘istonda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar orasida ingliz tiliga rasmiy maqom berish taklifi ham bor. Bu haqda mamlakat prezidenti ma’muriyati rahbari Odilbek Jaqsibekov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Umumxalq muhokamasi jarayonida davlat tili rolini kuchaytirish va ingliz tiliga rasmiy maqom berish yuzasidan takliflar ham bildirildi. Shuningdek, takliflar orasida etnik qozoqlar uchun fuqarolikka qabul qilishni yengillatish, o‘lim jazosini butkul bekor qilishdan tortib, uni qo‘llash holatlarini kengaytirishgacha bor”, — deya ta’kidladi mansabdor hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida. 

Ma’lumot uchun, 17,7 million aholiga ega Qozog‘istonda davlat tili qozoq tili hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat tashkilotlari va o‘z-o‘zini boshqarish idoralarida rus tili ham rasman qo‘llanadi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют