» » Amerika kompaniyasi “Dori-Darmon” unga ishonchli boshqaruvga berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Amerika kompaniyasi “Dori-Darmon” unga ishonchli boshqaruvga berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi


Toshkentda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi hamda Amerikaning United Investment Healthcare Group kompaniyasi o‘rtasida “Dori-Darmon” kompaniyasini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat “Dori-Darmon” milliy farmatsevtika kompaniyasini rivojlantirishning yangi strategiyasiga huquqiy asos yaratadi. Amaliyotga boshqaruvning zamonaviy uslublari, eksklyuziv axborot texnologiyalari, shuningdek, mutaxassislarni Amerikaning farmsanoat professionallarini jalb qilgan holda samarali o‘qitish tizimi joriy etiladi.

So‘nggi yillarda kompaniya moliyaviy holati keskin yomonlashdi. 2018-yilda 11 oy ichidagi faoliyati yakunlariga ko‘ra, sheriklar va banklardan qarzdorlik tegishli ravishda 125,4 milliard so‘m va 54 milliard so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh kompaniyasi “Dori-Darmon”ni besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga olyapti. Agar chet ellik hamkor belgilangan biznes-ko‘rsatkichlarga erisha olsa, u holda kelishuv yana besh yil muddatga uzaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют