» » Dorilarni chet eldan tender savdolarisiz sotib olish huquqi berilgan “O‘zmedeksport” Rossiyaning “Farmstandart” kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Dorilarni chet eldan tender savdolarisiz sotib olish huquqi berilgan “O‘zmedeksport” Rossiyaning “Farmstandart” kompaniyasi bilan memorandum imzoladi


“O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi Rossiyaning “Farmstandart” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Memorandumning maqsadi — dori-darmon ta’minoti bo‘yicha tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan uzoq va ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Hujjatga ko‘ra, ushbu memorandumning amal qilish muddati 3 yil etib belgilangan.

Qayd etish joiz, “Farmstandart” dori-darmon tayyorlash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Rossiyadagi yirik farmatsevtik kompaniyalardan biri hisoblanadi. U yiliga 17 milliarddan ortiq o‘ramda ko‘plab turdagi dori-darmon ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Ma’lumot uchun, 2017-yil 1-avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida “O‘zmedeksport” korxonasi tomonidan, tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi.

“Ilgari xorijdan xarid qilinayotgan dori vositalari to O‘zbekistonga kiritilib, dorixonalarga tarqatilguniga qadar bir necha bosqichlardan o‘tardi. Natijada ortiqcha rasmiyatchiliklar sabab, zarur dori belgilangan muddatidan kechikib yetib kelardi. Dori vositalarining tender savdolarisiz xarid qilinishi ayni shu masalaga yechim bo‘lishi kutilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют