» » Qoraqalpog‘istonda YTHlar va o‘z joniga qasd holatlari ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda

Qoraqalpog‘istonda YTHlar va o‘z joniga qasd holatlari ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda


Qoraqalpog‘istonda joriy yilda sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foizga kamaydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Biroq o‘g‘rilik, tovlamachilik jinoyatlari, yo‘l-transport hodisalari, o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda.

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug, Milliy gvardiya, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, vazirliklar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda Prezidentning 2018-yil 4-dekabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishi talablarini bajarish, oldinda turgan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.

Tadbirda jinoyatchilik soni ortgan shahar va tumanlardagi sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi. Bu boradagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют