» » Hadis ilmi maktabi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Hadis ilmi maktabi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 896-son qaroriga muvofiq 2018-yil 5-dekabr kuni Adliya vazirligida Hadis ilmi maktabi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hadis maktabi O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Uning asosiy vazifalari quyidagilardir:

Hukumat qaroriga asosan Hadis maktabida o‘qish muddati besh yil bo‘lib, u kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi va “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Bitiruvchilarga beriladigan davlat namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasida diniy ta’lim sohasidagi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr darajasini beruvchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi.

Hadis maktabiga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinadi.

Hadis maktabi bitiruvchisi ta’limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют