» » Samarqandda tuman hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga Chevrolet Niva’lar tarqatiladi

Samarqandda tuman hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga Chevrolet Niva’lar tarqatiladi


O‘zbekistonda 8—10-dekabr kunlari qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va Hosil bayramini nishonlash rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tadbirlar 8-dekabr Surxondaryo viloyatida boshlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida bayram tadbirlari va ommaviy sayllar 9-dekabr kuniga belgilangan. Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi xodimlari esa 10-dekabrda bayram qiladi.

Mavzuga doir: Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston dehqon va fermerlariga tabrik yo‘lladi, Shavkat Mirziyoyev bir guruh qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarini mukofotladi

Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1 tonnaga yaqin osh damlanib, elga tarqatiladi. Nukus shahridagi markaziy ippodromda o‘tkaziladigan uloq va ot choptirish musobaqalari g‘oliblariga bir donadan Cobalt va Spark, besh dona mototsikl va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ajratilgan.

Samarqand viloyatida esa tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga Chevrolet Niva rusumli xizmat avtomashinalari topshiriladi.

Bu kabi bayram va taqdirlash boshqa viloyatlarda ham bo‘lib o‘tadi. Xususan, 10 mingdan ortiq xodim, mehnat faxriylari, olim va mutaxassislar, ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari va ishchi xodimlarga vazirlik va idoralarning ko‘krak nishonlari, mahalliy davlat hokimiyat organlarining “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma”lari, qimmatli sovg‘alar topshiriladi.

Bayram tadbirlarida taniqli san’atkorlar va so‘z ustalari ishtirokida madaniy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir hududda bu tadbirlar o‘z an’analaridan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. Barcha hududlarda milliy o‘yinlar — uloq-ko‘pkari, kurash musobaqalari tashkil etiladi.

Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shahar va tumanlarda ulgurji savdo bazalari hamda dehqon bozorlari aholiga arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют