» » Fransiyada “sariq nimchalilar”ning namoyishlari ketma-ket to‘rtinchi hafta — benzin narxi oshmasligi aniq bo‘lganidan keyin ham davom etmoqda

Fransiyada “sariq nimchalilar”ning namoyishlari ketma-ket to‘rtinchi hafta — benzin narxi oshmasligi aniq bo‘lganidan keyin ham davom etmoqda


Parijda noyabrdan beri davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari avvaliga benzin narxi oshishiga qarshi qaratilgan edi (va namoyishchilar bu masalada o‘z maqsadiga yetdi — narxlar oshmaydigan bo‘ldi), biroq keyinchalik bu Fransiya hukumati va prezidenti Emmanyuel Makronga qarshi harakatga aylanib ketdi.

8-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi aksiya ham politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan, 600 ga yaqin odamni qo‘lga olgan. Qo‘lga olingan kamida 34 kishining yonidan “niqoblar, bolg‘alar, rogatkalar va toshlar” topilgan.

Latest pictures of clashes between police and "yellow vest" anti-government protesters in Paris https://t.co/Jp72QEzTFo pic.twitter.com/hFnuvyKJ2k

— BBC News (World) (@BBCWorld) December 8, 2018

Parijdagi namoyishlar arafasida metro stansiyalari, do‘konlar va muzeylar yopilgan edi. Shahar aholisiga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют