» » Toshkentda davlatga yetkazilgan zararni yopib beraman deb 22 ming dollar olgan va va’dasini bajarmagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda davlatga yetkazilgan zararni yopib beraman deb 22 ming dollar olgan va va’dasini bajarmagan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro B.S.ning Dilorom ismli tanishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bu ish bo‘yicha davlatga yetkazilgan zararni qoplash kerak bo‘lgan.

Shunda B.S.ga asli Sirdaryo viloyatida yashovchi D.A. uchragan. U Dilorom tomonidan davlatga yetkazilgan zararni o‘z firmasi orqali yopib berishini aytib, aldash yo‘li bilan B.S.dan 22 ming dollar olgan. Lekin va’dasini bajarmagan.

Bu voqea 2017-yil dekabrida oyida bo‘lgan. B.S. oradan bir yil o‘tib, 2018-yil 7-dekabr kuni Uchtepa tuman IIBga murojaat qilgan. Shundan so‘n ko‘rilgan choralar natijasida D.A. darhol ushlangan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют