» » Lionel Messi yana bir bor La Liga tarixiga kirdi

Lionel Messi yana bir bor La Liga tarixiga kirdi


8-dekabr, shanba oqshomida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turida “Barselona” “Espanyol”ni safarda 4:0 hisobida yengdi.

O‘yinda Lionel Messi dublga erishdi. Natijada Messining La Liga joriy mavsumidagi gollari soni 11 taga yetdi.

31 yoshli argentinalik futbolchi La Liga tarixida ketma-ket 13 mavsumda 10 va undan ortiq gol urgan ilk o‘yinchi bo‘ldi. Bunday natijani avval hech kim qayd eta olmagan.

Messi ayni damda La Liga to‘purarligini “Jirona” hujumchisi Kristian Stuani bilan bo‘lishib turibdi. Stuani hisobida ham 11 ta gol mavjud.

Messining gollarini tomosha qiling:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют