» » Armiyadagi Yoshlar ittifoqi yetakchilarining videoselektor hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Armiyadagi Yoshlar ittifoqi yetakchilarining videoselektor hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosiba Ittifoq boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish sardorlarining 2018-yil yakunlariga oid videoselektor hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalardagi barcha yetakchilar va yo‘nalish sardorlari, viloyat kengashlari Yoshlar ittifoqi raislari hamda harbiy qismlar bo‘yicha bo‘lim mudirlari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi podpolkovnik Sardor Abdusamatov Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar va 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotini yetkazdi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, joylarda hamon kamchiliklar mavjud, ularni bartaraf etish choralari, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida aniq tavsiyalar berdi.

Yig‘ilishda yosh harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, harbiy qismda uchrayotgan yoshlar muammolarini o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha yuqori qo‘mondonlikka takliflar kiritishdagi kamchiliklar ham sarhisob qilindi.

Shundan so‘ng, Mudofaa vazirligi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti xodimlari bir guruh yoshlar bilan Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan sadoqat hissini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tadbir yakunida muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют