» » Qurolli Kuchlar akademiyasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligi to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qurolli Kuchlar akademiyasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligi to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3394-son qarori bilan Mudofaa vazirligida 96 ta, Milliy gvardiyada 41 ta, Davlat bojxona qo‘mitasida 18 ta, Ichki ishlar vazirligida 9 ta, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarida 45 ta, Favqulodda vaziyatlar vazirligida 18 ta, jami 227 ta Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan Qurolli Kuchlar tuzilmalariga kiruvchi vazirlik va idoralari bilan imzolangan ikki tomonlama qo‘shma qarorlarga asosan, ittifoqning harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlarining nizomi va tashkiliy tuzilmalari tasdiqlangan. Boshlang‘ich tashkilotlarda 4 ta yo‘nalishlar, ya’ni Madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi, Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi, Harbiy-vatanparvarlik va ommaviy sport yo‘nalishi, Ustoz-shogird yo‘nalishi bo‘yicha jami bugungi kunga qadar 900 nafar sardorlar saylangan.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan harbiy qismlar Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarining moddiy bazasini takomillashtirishda ham amaliy yordam berilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlarning namunali faoliyatini tashkil etish uchun 28 million so‘mlik namunaviy devoriy stendlar, 50 million so‘mlik tarqatma materiallar, shuningdek, 15 ta kompyuter jamlanmasi va 24 ming dona badiiy adabiyotlar ajratilgan.

Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda harbiy okruglar miqyosida qo‘shinlarda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda yuqorida ta’kidlangan masalalar to‘g‘risida ma’lumotlar bildirilib, duch kelinayotgan muammoli holatlar va ularning yechimi, istiqboldagi rejalar, shuningdek yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatlarini tashkil etishda va sektorlar yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Markaziy va hududiy kengashlarida tashkil etilgan harbiy qismdagi yoshlar bilan ishlash bo‘limlari bilan hamkorlikda yanada jadallashtirish masalalari, boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari va sardorlarning bilimi, intilish va faolliklarini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют