» » Sherzod Shermatov XTB rahbarlarini oqituvchidan obunaga pul yigmaslik haqida songgi bor ogohlantirdi

Sherzod Shermatov XTB rahbarlarini oqituvchidan obunaga pul yigmaslik haqida songgi bor ogohlantirdi


Ozbekiston Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatovning hududiy xalq talimi boshqarma boshliqlariga Shaxsan nazorat uchun deb yollagan xati ommaga elon qilindi, deb yozadi Sputnik.

Shermatov ushbu xatni yollashdan maqsadini hozirga qadar oqituvchilardan turli hisobotlar talab qilish davom etayotgani haqida xabarlar kelayotgani bilan izohlagan.

Vazir xatda oqituvchilardan sinf jurnali, konspekt va yillik taqvim rejadan tashqari boshqa ortiqcha hujjat talab qilinishi va ular turli ishlarga jalb qilinishi taqiqlanishini yana bir bor eslatib otgan.

Shuningdek, ...talim maskanlarida oqituvchilarni turli manaviy-marifiy tadbirlar uchun hisobot, bayonnoma, (foto) albom tayyorlash, yoki sinf rahbarlarini oquvchilarning uylariga yuborish, ota-onalari bilan birga suhbat otkazilganligi haqida fotosurat yoki hisobot talab etilishini, mahalliy hokimliklar tomonidan talim muassasalari rahbarlari yoki oqituvchilarning har qanday majburiy mehnatga turli yigilishga, tadbirlarda zalni toldirish uchun tomoshabin sifatida jalb qilinishini taqiqlashini takidlab otgan.

Xatda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan tashqari mahalliy hokimlik yoki turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan hasharlarga pedagoglarni jalb etish va xodimlarning bir kunlik ish haqini tashkilotlarga otkazib berishni ham taqiqlagan.

Mahalliy hokimliklar, hududiy boshqarmalar tomonidan har xil nashrdagi gazeta va jurnallarga majburiy obuna, komunnal tolovlar uchun oylik ish haqidan olib qolinishini yoki boshqa noqonuniy badallar yigilishini qatiyan taqiqlayman, deb xatda bayon etgan vazir.

Ushbu masalalar boyicha pedagoglar orasida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishi, shikoyatlarni joylarga chiqqan holda organilishi aytilgan.

Mazkur talablarni barcha maktab rahbarlariga yetkazishingizni hamda boshqarma boshliqlarini, tuman (shahar) xalq talimi mudirlari va maktab rahbarlarini oqituvchilardan ortiqcha qogozbozlik, hisobotlar talab etishlariga chek qoyishlari haqida songgi marta qatiy ogohlantiraman, deyiladi.

Bundan tashqari, Shermatov XTB rahbarlaridan Ozbekiston Bosh vazirining mahalliy hokimliklar tomonidan xalq talimi xodimlarini majburiy mehnat, majburiy obuna va ommaviy hasharlarga jalb etilmasligi haqidagi 2018-yil 10-dekabrdagi 14/1-2774-sonli korsatmasining ijrosini sozsiz taminlashlarini soragan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-12-2018, 18:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
:
-
:
20 ... -