» » Yorug‘ kelajakka ishonadigan Gulnora Karimova, Muqaddas Sa’dullayevaga uylangan Yigitali, O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo va kunning boshqa muhim xabarlari

Yorug‘ kelajakka ishonadigan Gulnora Karimova, Muqaddas Sa’dullayevaga uylangan Yigitali, O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo va kunning boshqa muhim xabarlari


11-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Gulnora Karimovaning o‘g‘li kichik Islom Karimov Instagram’dagi sahifasida oxirgi yillarda O‘zbekiston kelajagi uchun ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani haqida yozdi. “Onam tomonidan ta’lim sohasi, yoshlarga ajratilgan grantlar, ayollar sog‘ligi va moda yo‘nalishlarida katta ishlar qilingan. U kishi ertangi yorug‘ kelajakka ishonadi”, deyiladi kichik Islom Karimov Instagram’da qoldirgan postda.

***

Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi. Yigitali va Muqaddas qonuniy tarzda nikohdan o‘tgan. Ular farzand kutmoqda. Ma’lumot uchun, Yigitalining bu uchinchi, Muqaddasning ikkinchi turmushi. Yigitali Mamajonovning avvalgi turmushlaridan uch nafar farzandi bor. Aktyor Rayhon bilan turmushidan ikki og‘il va chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmushidan qiz farzandli bo‘lgan. Muqaddas Sa’dullayeva esa avvalgi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzand ko‘rgan.

***

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etmoqda. O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018-yil 10-dekabr holatidagi narxlari e’lon qilindi.

***

Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.  Ta’kidlanganidek, hujjat jinoyat protsessi ishtirokchilarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini belgilash tartibini, ularni qo‘llash asoslari va tartibini belgilashga qaratilgan. Qonunda himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilab berilgan. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura organlari, bojxona organlari, sudlar ularning himoyasini ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi tuzilmalar sifatida ko‘rsatilgan.

***

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Sayyod“ mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Suvtushar qishlog‘ida 7-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchini pichoqlab qo‘ydi. Pichoqlangan 9-sinf o‘quvchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют