» » Leonardo Di Kaprioning “Oskar”i olib qo‘yildi

Leonardo Di Kaprioning “Oskar”i olib qo‘yildi


Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio AQSh federal hukumatiga 1954-yilda “Portda” filmi uchun Marlon Brandoga topshirilgan “Oskar” mukofotini qaytarib berishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Wrap xabar berdi.

Di Kaprio haykalchani sovg‘a sifatida milliardlab dollar bilan firibgarlik qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan Jou Loudan olgan. Ta’kidlanishicha, moliyachi Malayziyaning 1MDB davlat jamg‘armasidan o‘zlashtirgan pullarni hashamat uchun sarf qilgan. Masalan, u 250 million dollarlik shaxsiy yaxta hamda Van Gog va Pikassoning asarlarini sotib olgan.

Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy mablag‘lar hisobidan Jou Lou “Uol-stritlik bo‘ri” filmini moliyalashtirgan. Bu film uchun Di Kaprio “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Yuzaga kelgan mojarolar sababli Di Kaprio Loudan olgan barcha sovg‘alaridan shu jumladan Pikassoning aktyor tomonidan Shveysariyada saqlangan “Buqa boshli natyurmort” asaridan ham voz keshishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют