» » Di Kaprio Martin Skorsezening filmida prezident Ruzvelt rolini ijro etadi

Di Kaprio Martin Skorsezening filmida prezident Ruzvelt rolini ijro etadi


Taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio rejissor Martin Skorseze tomonidan AQShning 26-prezidenti Teodor Ruzveltga bag‘ishlab suratga olinadigan kinodramada bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Deadline Hollywood’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, kartinaga Skorseze, Di Kaprioning o‘zi, shuningdek, Gollivud aktyori va prodyuseri Chak Pacheko birgalikda prodyuserlik qilishadi. Film ssenariysini Skott Blum yozib beradi. Filmning suratga olish ishlari qachon boshlanishi hamda u qachon katta ekranlarga chiqishi aniq emas.

Bunga qadar Di Kaprio Skorsezening bir nechta filmlarida, jumladan, Gangs of New York, The Aviator, Shutter Island, The Departed, The Wolf of Wall Street filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Ayni vaqtda Di Kaprio va Skorseze birgalikda The Devil in the White City hamda Killers of the Flower Moon kitoblarini ekranlashtirish loyihasi ustida ishlamoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют