» » Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi, jang esa 14-dekabr kuni bo‘ladi

Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi, jang esa 14-dekabr kuni bo‘ladi


14-dekabr, juma kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Mazkur jangda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgargan.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Jangga Krasnodardagi “Olimp” sport saroyi mezbonlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют