» » Qoraqalpog‘istonlik 15 talabaning 50 foizlik kontrakt puli to‘lab berildi

Qoraqalpog‘istonlik 15 talabaning 50 foizlik kontrakt puli to‘lab berildi


Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Ittifoq ta’lim granti” loyihasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Tadbirda boquvchisini yo‘qotgan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 nafar talabaga kontrakt to‘lovining 50 foizi miqdoridagi maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

– Mazkur loyiha doirasida oliy ta’limning kunduzgi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar, ya’ni chin yetim, nogiron, mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining o‘rinbosari Bibijan Aralbayeva. – Bu tadbir yoshlarimizning ko‘plab imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga zamin yaratishi shubhasiz.

Taqdirlanganlar orasida Nukus davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Gulasem Qutanova ham bor. U ota-onasidan erta ayrilib, opasining qo‘lida singlisi bilan yashab kelmoqda. Gulasem Qoraqalpog‘istonning mashhur “Qirq qiz” futbol jamoasida yarim hujumchi pozitsiyasida o‘ynab kelmoqda. 2012-yilda futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi liga o‘yinida 1-o‘rinni egallagan.

– Ushbu imkoniyat mening hayotimni belgilab berdi, – deydi G.Qutanova. – To‘lov-shartnoma asosida o‘qishga deyarli imkoniyatim yo‘q edi. Bu holat o‘qishimni davom ettira olmasligimni anglatar edi. Mana shunday imkoniyatlarni yaratgani uchun davlatimizdan, barcha mutasaddilardan cheksiz minnatdorman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют