» » Andijonda aka-ukaning janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Andijonda aka-ukaning janjali pichoqbozlik bilan tugadi


Andijon viloyatida aka-ukaning janjali pichoqbozlik bilan tugadi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Voqea Oltinko‘l tumanida yuz bergan. Oltinko‘l sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi F.A. uyda maktabda yuqori sinfda o‘qiydigan ukasi A.A. bilan janjallashgan.

Janjal davomida aka ukasiga qarata pichoq otgan — pichoq ukaning chap kurak qismiga tekkan. “Natijada A.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. F.A. ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют