» » Indoneziyaning “Sahid” fondi delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi

Indoneziyaning “Sahid” fondi delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi


Samarqandga Indoneziyaning “Sahid” fondi prezidenti Nurgoho Sukamdani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif dasturi doirasida viloyat hokimligida muzokara o‘tkazildi, deya xabar berildi viloyat hokimining Facebook’dagi sahifasida.

Olib borilgan muzokaralarda delegatsiya a’zolari “Sahid” fondiga 1953-yilda asos solinganligi, Indoneziya bo‘ylab “Sahid hotels” brendi ostida 27 ta mehmonxonaga egaligi, shuningdek, fond o‘z turistik kompaniyasi, universiteti va kollejiga ega ekanligini bildirib o‘tishdi.

Fond prezidenti Payariq tumanidagi al-Buxoriy kompleksida 5 yulduzli va Samarqand shahrida 65 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxonalar qurishni taklif qildi. Uchrashuv davomida Samarqanddagi “Ipak yo‘li turizmi” va “Sahid” universitetlari o‘rtasida memorandum imzolanganligi ta’kidlab o‘tildi.

Muzokaralar yakunida investitsiya hamda turizm sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют