» » Alisher Usmonov kolleksiyasidagi qilich va nayzalarini Moskva sport muzeyiga topshirdi

Alisher Usmonov kolleksiyasidagi qilich va nayzalarini Moskva sport muzeyiga topshirdi


Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov o‘z kolleksiyasidagi qimmatbaho jihozlarini Moskva sport muzeyiga hadya qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Usmonov 25 nusxadagi shamshir hamda nayzani muzeyga topshirgan. Qurollar milodiy II asrga oid, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, milliarder mazkur kolleksiyasini “ulkan sevgi va ehtiyotkorlik” bilan to‘plagan. Bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodets so‘zlariga ko‘ra, bu shamshirlar butun qilichbozlik — tarixidir.

Ma’lumot uchun, Usmonov 2008-yildan buyon Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют