» » O‘zbekistonda nima sababdan qimmat bo‘lmagan avtomobillarga bojlar saqlanib qolinayotganligiga izoh berildi

O‘zbekistonda nima sababdan qimmat bo‘lmagan avtomobillarga bojlar saqlanib qolinayotganligiga izoh berildi


O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni ayrim turdagi yengil avtomobillarni bojxona bojiga tortish bo‘yicha yangi tartib ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Yangi tartib aynan qanday avtomobillarga tegishli ekanligini Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farruh Fayzullayev tushuntirib berdi.

“1-yanvardan O‘zbekistonda 40 ming AQSh dollar va undan yuqori bo‘lgan ekvivalent qiymatidagi avtomobillargi taalluqli bo‘lgan yangi tartib joriy etilmoqda. Bu yangi avtotransport vositalari bo‘lishi lozim. “Yangi” deganda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilayotgan vaqtda ishlab chiqarilganiga ikki yildan oshmagan avtomobillar tushuniladi. Ular uchun pasaytirilgan bojxona to‘lovi qo‘llaniladi”, — deydi Fayzullayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtomobillarga import boji qo‘llanilmaydi, faqat 20 foiz aksiz solig‘i hamda 20 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lanishi lozim. Bojxona to‘lovlarining umumiy stavkasi olib kirilayotgan avtomobilning 44 foizini tashkil qiladi.

“Ushbu toifaga kirmaydigan boshqa avtomobillar uchun bojxona stavkalari o‘zgarishsiz qolmoqda. Butun dunyoda har qanday mamlakat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi. Respublikada o‘rta sinfga mansub avtomobillar ishlab chiqariladi, GM Uzbekistan bor, yangi ishlab chiqaruvchilar bilan ularni bozorga olib kirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu sababli davlat o‘z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi. Shu sababli ushbu me’yor (import bojini bekor qilinishi) bizda ommaviy ishlab chiqarilmaydigan premium-sinfdagi avtomobillarga nisbatan joriy etilmoqda”, — deydi u.

Yangi qoida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют