» » Pritsker mukofotining 2017-yilgi g‘olibi uch ispan arxitektori bo‘ldi

Pritsker mukofotining 2017-yilgi g‘olibi uch ispan arxitektori bo‘ldi


Ispaniyaning Kataloniya viloyatidan bo‘lgan uch ispan arxitektori Rafael Aranda, Larme Pixem va Ramon Vilalta 2017-yilgi arxitektura sohasida beriladigan Pritsker mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

“Hakamlar hay’ati qariyb 30 yil davomida hamkorlikda ishlagan uch arxitektorni tanladi. Janob Aranda, Pixem xonim va janob Vilalta o‘zining bevosita faoliyati orqali soha salohiyatiga hissa qo‘shdi.”

Tom Pritsker, mukofotni moliyalashtiruvchi Hyatt Foundation jamg‘armasi raisi

Hakamlar arxitektorlarning har bir loyiha ustida ishlayotganda atrof-muhitga — jamoat va xususiy obyektlardan tortib madaniyat markazlari va ta’lim muassasalarigacha e’tibor bilan munosabatda bo‘lishini qayd etdi. Xususan, arxitektorlar binolarni loyihalashtirish jarayonida qayta ishlangan po‘lat va plastik kabi materiallardan muvaffaqiyatli foydalangan.

Arxitektorlarning ishlari orasida La Cuisine san’at markazi (Negrpelis, Fransiya, 2014), Soulages muzeyi (Rodez, Fransiya, 2014), La Lira ochiq jamoat teatri (Ripol, Kataloniyadagi Jirona provinsiyasi, Ispaniya, 2011), Les Cols restorani (Olot, Kataloniyadagi Jirona provinsiyasi, Ispaniya, 2011) alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bu holat mukofot tarixida birinchi marta yuz berdi, ya’ni birdaniga uch kishi mukofot g‘olibiga aylandi. Arxitektura sohasidagi Nobel mukofoti deb nomlanadigan Pritsker mukofoti g‘oliblari 1979-yildan beri taqdirlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют