» » Qirg‘iziston bosh vaziri Abdulla Aripovga yuk tashuvchilar uchun to‘lovlarni bekor qilishni taklif etdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Abdulla Aripovga yuk tashuvchilar uchun to‘lovlarni bekor qilishni taklif etdi


Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev 18-dekabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga yuk tashuvchilar uchun to‘lovlarni bekor qilishni taklif etdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Turon 24”.

“Bu o‘zaro yuklarni tashish va mamlakatlarimiz o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga yordam beradi”, deb ta’kidlagan Muhammadkaliy Abilgaziyev O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishida.

Yig‘ilishda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Unda savdo-sanoat, karantin va veterinariya sohalarida hamkorlik qilish, bojxona jarayonlari va banklararo hamkorlikni soddalashtirish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют