» » AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi


AQSh 2017-yilning dekabr oyida Gulnora Karimovaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirdi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.

Sanksiyalarning uzaytirilishi korrupsiyada ayblov va inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq “Magnit aktiga” muvofiq amalga oshirilmoqda. Trampning qaroriga muvofiq cheklovlar yana bir yilga uzaytiriladi.

“AQSh prezidenti Donald Tramp 2017-yildagi buyrug‘ini uzaytirdi” — deyiladi Oq uy matbuot xizmatining xabarida.

Ushbu buyruq asosida sanksiyalar inson huquqlarini buzgan va korrupsiyada ayblangan bir qator shaxslarga nisbatan joriy etilgan.

Turli mamlakat fuqarolaridan tarkib topgan 13 nafar fuqaroning ro‘yxati AQSh moliya vazirligi saytida e’lon qilingan. Ushbu ro‘yxatda Gulnora Karimova ham bor.

Shuningdek ro‘yxatda Rossiya, Serbiya, Xitoy, Nikaragua, Janubiy Sudan va Pokiston fuqarolari bor.

“AQSh bu yo‘l bilan Qo‘shma shtatlarning moliya tizimini bu shaxslardan himoya qilmoqchi”, — deyiladi

Donald Trampning sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi 20-dekabr 2017-yilda imzolagan buyrug‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015-yil 21-avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani haqida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar bergandi.

Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valyutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi bo‘yicha yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Karimova jinoiy sheriklari yordamida 12 ta xorijiy mamlakatda 1,3 milliard AQSh dollar, 63,5 million yevro, 27,1 million funt va 18,5 million frank miqdorida aktivlarni qonuniylashtirgan.

Shveysariyada 777,8 million AQSh dollar miqdorida puli mavjud.

Karimovaga qarshi ikki jinoiy ishda davlat va fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 1,27 trillion so‘mni, 1,6 milliard AQSh dollari va 26,1 million yevroni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют