» » O‘zbekiston shakar, tuz va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari importiga cheklov qo‘yishi mumkin

O‘zbekiston shakar, tuz va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari importiga cheklov qo‘yishi mumkin


“Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekistonga olib kiriluvchi shakar, tuz va yog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarga cheklov qo‘yilishi mumkin. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.

Bu qarorga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish (tayyorlash), sotish va iste’molini cheklash bo‘yicha takliflar kiritsin” degan band kiritilgan.

O‘zbekiston aholisining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishni ko‘zda tutuvchi mazkur qarorga ko‘ra nafaqat import qilinuvchi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi oziq-ovqat mahsulotlari sifati va tarkibini ham nazorat qilish kuchaytiriladi.

Endilikda O‘zbekistonga olib kirilayotgan, tarkibida shakar miqdori me’yordan ko‘p bo‘lgan shirinliklar, qandolat mahsulotlari, shirin va alkogolsiz ichimliklar, sok va nektarlar kabilar cheklanishi mumkin.

Ortiqcha yog‘lar esa kolbasa mahsulotlari, souslar, yog‘-moy mahsulotlarida, ortiqcha tuzlar esa konservalar, pishloqlar, yogurt va mayonez kabi mahsulotlarda uchraydi va ular ham cheklovlar doirasiga tushadi.

Ta’kidlash kerakki, dunyoning ko‘plab davlatlarida bunday mahsulotlarga alohida belgilar qo‘yiladi va ularning ochiq targ‘iboti hamda reklamasi taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют