» » “O‘zstandart” agentligi qoshida departament tashkil etiladi

“O‘zstandart” agentligi qoshida departament tashkil etiladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, “O‘zstandart” agentligi qoshida departament tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yangi departament texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunbuzilishlarining oldini olish va profilaktika qilish, tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga mas’ul etib belgilandi.

Texnik reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi, o‘lchov birliklari yagonaligi va ishonchliligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari talablari bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish ham agentlik huzurida tashkil etilayotgan departamentning asosiy vazifalaridan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют