» » “O‘zstandart” agentligi yil yakunlari bo‘yicha OAV xodimlariga hisobot berdi

“O‘zstandart” agentligi yil yakunlari bo‘yicha OAV xodimlariga hisobot berdi


“O‘zstandart” agentligi Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etdi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Matbuot anjumanida jurnalistlar uchun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Texnik jihatidan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.

Respublikada yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlari va investitsiya loyihalarini qisqa muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida loyiha tashabbuskorlari uchun bojxona rasmiylashtiruvida sertifkatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish – qabul qilingan Qarorning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.

Jumladan:

Bu o‘z navbatida tadbirkorlik subyektlari uchun bojxona rasmiylashtiruvida sertifikatlashtirish uchun talab etiladigan muddat o‘rtacha 20 kundan 2 kungacha qisqartiriladi.

“Milliy standartlarning uyg‘unlashganlik darajasini keskin oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlanib, 2021-yilga qadar bu ko‘rsatgichni 47 foizga yetkazish belgilangan. Bu degani, 2 yil ichida qariyb 7 mingta hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim (taqqoslash uchun, so‘nggi o‘n yil ichida 3,5 mingta standart qabul qilingan)

Sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2021-yil yakuniga qadar xalqaro standartlarning ulushi oziq-ovqat sanoatida 82,5 foizga, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatida 67,3 foizga, qurilishda esa ikki barobarga yetkazish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Matbuot anjumani davomida, OAV lari e’tiboriga “O‘zstandart” agentligi tizimida tashkil etilayotgan Departament zimmasiga tadbirkorlik subyektlariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatilgani ham ma’lumot o‘rnida aytib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida jurnalistlarning boshqa savollariga ham javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют