» » Toshkent viloyatida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi

Toshkent viloyatida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi


Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Davlat rahbarining joriy yil yanvar oyida Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshirig‘iga binoan barpo etilgan avtosalon zamonaviy talabalarga to‘la javob beradi. 2 400 kvadrat metrni tashkil qiladigan servis hududida barcha sharoitlar mavjud.

Yangi avtosalon “O‘zAvto” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, katta yuk mashinalari hamda ehtiyot qismlarini sotish bilan cheklanib qolmay, ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat ko‘rsatadi.

Avtosalonning ochilish marosimida shu yilning 10-dekabrida sotuvga qo‘yilgan yangi model – Tracker avtomobili taqdim qilindi. Qisqa muddatda mingdan ortiq ushbu yangi modeldagi avtomobillarning sotilishi GM Uzbekistan kompaniyasining katta yutug‘idir.

Tadbir doirasida ishtirokchilar avtosalonda namoyishga qo‘yilgan avtomobillar bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 1) ( 65) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...