» » XAT “Turkiston” bankdan yangi yilga omonatchilar uchun ajoyib sovg‘a!

XAT “Turkiston” bankdan yangi yilga omonatchilar uchun ajoyib sovg‘a!


Shaxsiy daromadingizni oshirish payti keldi!

Faqat daromadmi? Albatta yo‘q!

XAT “Turkiston” banki Yangi yil arafasida barcha hamyurtlarimizga bayram kayfiyati va sovg‘alar ulashmoqda.

Qanday deysizmi? XAT “Turkiston” banki qulay va manfaatli bo‘lgan milliy va xorijiy valyutadagi omonat turlarini taklif etadi.

Bankning moliya bozoridagi 20 yillik tarixi — bank faoliyatining mustahkamlik poydevorini anglatadi.

XAT “Turkiston” bank faqatgina 20 yillik tarixga ega bo‘lib qolmay, ishonchli va shu qatorda “Har bir mijoz qadrli” shiori ostida faoliyat olib boradi.

XAT “Turkiston” bankdagi omonatlar – bu pul mablag‘laringizni xavfsiz saqlash va daromad olish manbasidir. Sizning barcha omonatlaringiz “Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi” tomonidan kafolatlangan.

Milliy valyutadagi omonatlar 13 oy muddatga yillik 21% miqdorida hamda xorijiy valyutadagi omonatlar 13 oy muddatga yillik 7% miqdorida daromad to‘lash sharti bilan qabul qilinadi.

Sizning omonatlaringiz:

Omonatlarga mablag‘lar naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida milliy va xorijiy valyutada qabul qilinadi hamda qabul qilingan pul mablag‘lari omonatchining birinchi talabi bilanoq beriladi.

Bu hali hammasi emas. XAT “Turkiston” banki orqali o‘zingiz va yaqinlaringizga Yangi yil bayrami uchun qimmatbaho sovg‘a taqdim etish imkoniyati tug‘ildi. Buning uchun bankda ochilgan yangi milliy valyutadagi “Sovg‘a” nomli omonat turiga pul mablag‘laringiz qo‘yish kifoya qiladi.

Milliy valyutadagi omonatlar 18 oy muddatga yillik 20% miqdorida daromad to‘lash sharti bilan qabul qilinadi. Omonat shartnomasi muddatidan oldin yopilgan taqdirda, omonatga xisoblangan foizlar quyidagi tartibda qaytadan hisoblanadi: 6 oygacha muddatda saqlanganda - 0%, 6 oydan-17 oygacha muddatda saqlanganda – yillik 16%.

“Sovg‘a” omonati bo‘yicha aksiya 2018-yil 20-dekabrdan 2019-yil 20-yanvargacha 25,0 mln so‘mdan ko‘proq so‘mga omonat ochilganda, omonatchi aksiya ishtirokchisi hisoblanadi va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ladi.

Omonatlar XAT “Turkiston” bankining barcha filiallari tomonidan qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bilan bank sayti www.turkistonbank.uz da yoki tun-u kun ishlaydigan aloqa markazi (71)200-00-08 telefon raqami orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют