» » Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib qayta saylandi

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib qayta saylandi


Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 22-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida keyingi besh yilga qo‘mita raisi etib qayta saylandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tgan va bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etgan tadbirda qo‘mitaning so‘nggi besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilingan.

Qo‘mitaninng 2011-yilda qabul qilingan va 2013-yilda yangilangan nizomiga muvofiq, tashkilot rahbari har besh yilda saylanadi. Shanba kungi konferensiyada Tanzila Norboyeva bir ovozdan o‘z lavozimiga qayta saylandi.

Tanzila Norboyeva 2016-yil dekabridan beri Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilmoqda. Bungacha, 2010-yildan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbarlik qilgan.

Konferensiyada Xotin-qizlar qo‘mitasining mamlakatdagi so‘nggi o‘zgarishlar va O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalarni inobatga olgan yangi nizomi qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют