» » O‘zbekistonda yer uchastkalari yosh fuqarolarga ham beriladigan bo‘ldi

O‘zbekistonda yer uchastkalari yosh fuqarolarga ham beriladigan bo‘ldi


Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Yer kodeksi hamda Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda dehqon xo‘jaligi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga ham beriladi.

Ilgari bunday uchastkalar faqat oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют